Uchinchidan to’rtinchi noyabrga o’tar kechasi yurtimiz qor og’ushida qoldi. Hamma yog’ni oppoq qor qopladi. Samarqandda yupqagina to’shalgan oq gilam Toshkentda ancha qalinligi bilan ajralib turdi.
Qor yog’ib, oq libos kiyibdi borliq,
Qor oqlik, qor poklik, u yana sog’liq.
Nozik hislarimga esh bo’lib yog’ar,
Ertamiz, rizqimiz unga ham bog’liq.
Birinchi qor yogi’b havo sovushi bilan nabiralarim Amir va Mehrangiz xurmoni terib, saranjomlash kerakligini eslatishdi. Va o’zlari tashabbus ko’rsatib, bu ishni uddalashdi.
Xurmoxo’lik qilamiz, marhamat. Ammo uyimiz sovuq, gaz yo’q, svet muntazam o’chib turibdi…
Toshpo’lat Rahmatullaev
Комментариев нет:
Отправить комментарий