пятница, 11 ноября 2011 г.

Qor yog’ib, xurmo terildi


Uchinchidan tortinchi noyabrga otar kechasi yurtimiz qor ogushida qoldi. Hamma yogni oppoq qor qopladi. Samarqandda yupqagina toshalgan oq gilam Toshkentda ancha qalinligi bilan ajralib turdi.

Qor yog’ib, oq libos kiyibdi borliq,
Qor oqlik, qor poklik, u yana sog’liq.
Nozik hislarimga esh bo’lib yog’ar,
Ertamiz, rizqimiz unga ham bog’liq.

Birinchi qor yogi’b havo sovushi bilan nabiralarim Amir va Mehrangiz xurmoni terib, saranjomlash kerakligini eslatishdi. Va o’zlari tashabbus ko’rsatib, bu ishni uddalashdi.

Xurmoxo’lik qilamiz, marhamat. Ammo uyimiz sovuq, gaz yo’q, svet muntazam o’chib turibdi…

Toshpo’lat Rahmatullaev

Комментариев нет:

Отправить комментарий